Markaziy harbiy okrugda birinchi yarim yillik hisoboti tinglandi

0
3146

Markaziy harbiy okrugning Situatsion markazida joriy yilning oʻtgan olti oy davomida amalga oshirilgan ishlarga bagʻishlangan hisobot yigʻilishi o‘tkazildi.

Markaziy harbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Farrux Ziyabayev boshchiligida videoselektor formatida oʻtgan yigʻilish davomida qo‘mondon o‘rinbosarlarning qoʻshinlar xizmati, jangovar tayyorgarlik, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar hamda moddiy-texnik taʼminoti yoʻnalishdagi hisobotlari tinglandi.

Tanqidiy ruhda o‘tkan yigʻilishda o‘tgan olti oy davomida bajarilgan ishlar va keying olti oy davomida amalga oshirilishi zarur boʻlgan eng muhim ustuvor vazifalar muhokama etildi.

Shuningdek, harbiy qism va muassasalarning komandirlari va ularning o‘rinbosaralarini faoliyati ham tahlil etilib, muammoli masalalar yechimi yuzasidan yig‘ilishning oʻzida tegishli koʻrsatmalar berildi.

Yigʻilish soʻnggida, okrug qo‘shinlari qo‘mondoni harbiy xizmatchilarning yoʻl qoʻyilgan kamchiliklardan toʻgʻri xulosa chiqarishi va bartaraf etishi lozimligi boʻyicha bir qator vazifalarni belgilab, qo‘shinlarning jangovar shayligini oshirishga hamda oʻtkazilayotgan barcha koʻrik-tanlovlar va musobaqalarda yuqori oʻrinlarni qoʻlga kiritishni asosiy maqsad qilib belgilab berdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati