Bolajonlarga zavq ulashgan sport o‘yinlari

0
612

Navoiy viloyati Uchquduq tumanida joylashgan 1-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida “Armiya va xalq – bir tanu bir jon!” shiori ostida madaniy va ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir Mudofaa vazirligi tasarrufidagi Ko‘lquduq qo‘rg‘onida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari tashabbusi bilan o‘tkazildi.

Tadbir davomida o‘quvchi yoshlar guruhlarga bo‘lingan holda turli sport musobaqlarida bellashdi. Ayniqsa, yoshlarni jamoaviy ruhda tarbiyalashga, ularni ruhiy va jismoniy chiniqtirishga hamda kayfiyatni ko‘tarishga yo‘naltirilgan “Team Building” o‘yinlari quvnoq o‘tdi.

Musobaqa so‘ngida g‘olib jamoa vakillari va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar hamda kitoblar to‘plami bilan taqdirlandi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti