Termizda taniqli xonanda ishtirokidagi konsert dasturi harbiylarda iliq taassurot qoldirdi

0
631

Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismlarning birida harbiy xizmatchilarning xizmat samaradorligini oshirish va ularning oila a’zolari bilan birgalikda dam olish vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida el suygan san’atkorlar ishtirokida konsert tashkil qilindi.

Viloyat hokimligi vakillari ishtirokida o‘tgan madaniy tadbirda Termiz garnizoni harbiy orkestri Vatanni madh etuvchi ko‘y-qo‘shiqlari bilan ishtirok etib, davraga ko‘tarinki kayfiyat olib kirdi.

Shundan so‘ng elimizning sevimli xonandasi bo‘lib ulgurgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan Alisher Fayz sahnaga chiqib, o‘z repurtuaridagi qo‘shiqlari bilan konsert ishtirokchilarida iliq taassurot qoldirdi. Ijro etilgan kuy va qo‘shiqlarga harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari raqsga tushdi.

Namoyish etilgan konsert dasturi barchaga birdek manzur bo‘ldi.

III  darajali serjant Akbar AHMEDOV,
Termiz garnizoni