“Katta dubulgʻa” turniri gʻoliblari tantanali kutib olindi

0
572

Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT boʻyicha “Katta dubulgʻa” musobaqasi oʻz yakuniga yetdi. Musobaqada dastlabki oltin medalni -68 kg vazn toifasida bahs olib borgan Tokio-2020 Olimpidasi chempioni, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Sport markazi sportchisi Qurolli Kuchlar xizmatchisi Ulugʻbek Rashitov olib keldi. Hamyurtimiz finalda eronlik Doniyol Bozorgʻishobni magʻlub etdi.

Musobaqaning ikkinchi kunida Oʻzbekiston terma jamoasi bittadan oltin va bronza medallarini qoʻlga kiritdi.

-80 kg vazn toifasida barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratgan Mudofaa vazirligi Sport markazi sportchilari, jumladan, Qurolli Kuchlar xizmatchisi Jasur Jaysunov turnir gʻolibiga aylandi. Jahon chempioni Svetlana Osipova esa (+73 kg) bronza medaliga sazovor boʻldi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston terma jamoasi mazkur musobaqani 2 ta oltin va 1 ta bronza medallari bilan yakunladi.

Gʻolib sportchilar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Sportchilarga milliy toʻn kiydirilib, esdalik sovgʻalari topshirildi.

Roʻziqul Ochilov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti