Harbiy intizom holati tahliliga bag‘ishlangan profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

0
720

Mudofaa vazirligining Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida joylashgan harbiy qismlarida mas’ul ofitserlar ishtirokida harbiy intizom holatini chuqur tahlil etishga bag‘ishlangan profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbirda joylardagi mansabdor shaxslarning ham hisobotlari tinglanib, muammoli masalalarni hal etish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Qo‘mondonlik harbiy xizmatchilari hamda ularning oilalari bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassisi tomonidan harbiy xizmatchilarning turmush o‘rtoqlarining bandligini ta’minlash, farzandlarini maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish masalalari bo‘yicha ham amaliy yordam berilgan.

Tadbir yakunida namoyish etilgan “Nafs iskanjasi” nomli hujjatli film barchani ogohlikka chorladi. Bu kabi tanqidiy tahlil va profilaktik tadbirlar bo‘linmalarda huquqbuzarliklarning oldini olish va harbiy intizomni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti