“Eng yaxshi ilmiy maqola—2021” xalqaro ilmiy-amaliy maqolalar tanlovi g‘oliblari aniqlandi

0
1353

O‘zbekistonda ilk marotaba Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlarning yoshlari o‘rtasida “Eng yaxshi ilmiy maqola—2021” xalqaro ilmiy-amaliy maqolalar tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov jarayonlari Toshkent shahrida onlayn tarzda o‘tkazilib, unda 11 ta davlatdan 1 100 ga yaqin ishtirokchilar o‘zlarining ilmiy maqolalari bilan ishtirok etdi. 

Quvonarli tomoni shundaki, ushbu tanlovda Mudofaa vazirligiga qarashli Bekobod shahrida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchisi kichik serjant Farruh Abbosov ham o‘zining “Globallashuv sharoitida milliy istiqlol g‘oyasi” nomli ilmiy maqolasi bilan ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi.

Yakunda g‘oliblarga diplom, sertifikat, ilmiy maqolalar to‘plami va “Eng yaxshi ilmiy maqola—2021” esdalik nishoni hamda pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, yoshlarga berilayotgan ulkan imtiyoz va imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda bu kabi ko‘rik tanlovlarda harbiy xizmatchilarimizning munosib tarzda ishtirok etishlari va faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishlari taqsinga sazovor.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti