Maktab yoshlari oʻrtasida sport musobaqasi oʻtkazildi

0
609

Yurtimizda yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, sportga boʻlgan qiziqizlarini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Mudofaa vazirligi tizimida ham sport turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha amaliy ishlar yoʻlga qoʻyilmoqda.

Kuni kecha yoshlarda “Sport mening hayotim” pozitsiyasini shakllantirish maqsadida Mudofaa vazirligi Sport markazi mutasaddilari Toshkent shahar Yangi hayot tumanida joylashgan 332-sonli oʻrta maktabida boʻlishdi.

Mazkur tadbirda oʻquvchi-yoshlar ishtirokida darts, pnevmatik qurollardan oʻq otish, arqon tortish, stol tennisi sport turlari boʻyicha kuch sinashdilar.

Bundan tashqari, markaz mutasaddilari yoshlarga dzyudo sport turi boʻyicha mahorat darsi, harbiy sportchilarning erishgan yutuqlari va Mudofaa vazirligi tizimida sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan qisqacha maʼlumot berdilar.

Musobaqalar yakuniga koʻra, gʻolib va sovrindor hamda alohida faollik koʻrsatgan ishtirokchilar nomdor sportchilar tomonidan medal va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Mazkur uchrashuv yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Ro‘ziqul Ochilov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti