Chirchiqda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi

0
1338

Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik muhandislik bilim yurtida “Harbiy kadrlarni tayyorlashning dolzarb muammolari: yechimlar va takliflar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, polkovnik Hamdam Qarshiyev ishtirok etib, konferensiyaning dolzarb ahamiyati xususida oʻz fikrlarini bildirdi va ishtirokchilariga omad tiladi.

Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan harbiy attashelar, davlat va jamoatchilik tashkilotlarining vakillari, ilmiy tadqiqot va taʼlim muassasalarining mutaxassis-amaliyotchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi va oliy harbiy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari tarkibi ishtirok etdi.

Konferensiya ishtirokchilari oʻz maʼruzalarida harbiy sohada davlatning mudofaa qobiliyati milliy xavfsizlikka boʻlgan tahdidlarni toʻxtatib turish, neytrallashtirish va unga barham berish boʻyicha asosiy vosita boʻlib qolayotganiga alohida eʼtibor qaratishdi.

Maʼruzalar tinglangach, ishtirokchilar orasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari yuzasidan savol-javob hamda oʻzaro fikr almashildi.

Konferensiyaning ikkinchi yarmida mehmonlar Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik muhandislik bilim yurti faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Bilim yurtidagi muzeyni koʻzdan kechirishdi.

Yakunda konferensiya ishtirokchilariga maxsus sertiikat va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Roʻziqul OCHILOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti