Faxriylar futboliga qur’a tashlandi

0
898

О‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tashkil topganligining 31 yilligiga bag‘ishlangan Mudofaa vaziri kubogi uchun kuch tuzilmalari faxriylari о‘rtasida о‘tkaziladigan futbol musobaqasining qur’a tashlash marosimi bo’lib o’tdi. Unda kuch tuzilmalari faxriylari kengashi raislari ishtirok etdi. 2022-yilning 14-dekabridan 2023-yilning 15-yanvarigacha Qurolli Kuchlar akademiyasi futbol maydonida о‘tkaziladigan musobaqadan asosiy maqsad faxriylar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning sport bilan muntazam ravishda shug‘ullanishlari hamda sog‘liqlarini mustahkamlashga qaratilgan.

Musobaqada MV, DXX, IIV, FVV, DXX Chegara qо‘shinlari, Toshkent garnizoni prokuraturasi va Milliy gvardiya, shuningdek, “VETERAN” jangchi-faxriylar va nogironlar birlashmasidan jami 8 ta jamoa taklif etildi. Jamoa a’zolari О‘zbekiston Respublikasi kuch tuzimalarida xizmat faoliyatini olib borgan va hozirda pensioner bо‘lgan faxriylardan tashkil topgan. Har bir jamoa tarkibi 16 nafar ishtirokchidan iborat bо‘lib, 1 nafar darvozabon, 10 nafar о‘yinchi va 4 nafar zaxira о‘yinchisi hamda 1 nafar murabbiydir. Musobaqaning shaffof va xolisligini ta’minlash maqsadida hakamlar guruhi О‘zbekiston futbol assosiasiyasidan taklif etildi.

Qurʼa natijalariga koʻra, jamoalar quyidagicha ikki guruhga ajratildi:

  • “A” guruxida — “Mudofaa-1”, “Sardor”, “Chegarachi” hamda “Gvardiyachi” jamoalari;
  • “B” guruhida — “Posbon”; “Mudofaa-2” va “Matonat” jamoalari.

Shuningdek, 2022-yil 18-dekabrda musobaqaning birinchi oʻyin kunida quyidagi futbol uchrashuvlari boʻlib oʻtishi aniqlandi:

  • “A” guruhida — “Mudofaa-1” – Gvardiyachi” va “Sardor” — “Chegarachi” jamoalari oʻrtasida;
  • “B” guruhida — “Posbon” – “Mudofaa-2” jamoalari oʻrtasida.

Sherzod SHARIPOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti