Kasaba uyushmalari xodimlari taqdirlandi

0
864

Xabaringiz bor, 2021-yildan boshlab “11-noyabr — Kasaba uyushmalari xodimlari kuni” sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlat muzeyida sana munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Unda Mudofaa vazirligi markaziy apparati, Toshkent harbiy okrugi, harbiy qism va muassasalarda xizmat qilayotgan Kasaba uyushmasining faollari ishtirok etdi.

Tabdir avvalida mudofaa vazirining soha xodimlariga bayram tabrigi oʻqib eshittirildi.
Mudofaa vaziri oʻrinbosarining vazirlik tizimidagi bir guruh Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilarini taqdirlash toʻgʻrisidagi buyrugʻiga koʻra, samarali mehnat qilayotgan soha vakillari taqdirlandi.

Qolaversa, yoshlarni tarbiyalash va tizimdagi faoliyati uchun bir guruh fidoyi xizmatchilar “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun” va “Vafo va sadoqat uchun” medallari bilan taqdirlandi. Tadbir harbiy-vatanparvarlik ruhidagi kuy-qoʻshiqlarga ulanib ketdi.

Roʻziqul OCHILOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti