Xorijiy mamlakatlarda boʻlib turgan harbiylarimiz ham saylovda faol ishtirok etishyapti

0
709

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksida Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida ovoz berish saylov kuni ushbu saylov uchastkalari joylashgan yerdagi mahalliy vaqt bilan soat 8.00 dan 20.00 gacha oʻtkazilishi belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.

Bugun xalqaro harbiy hamkorlik dasturlari doirasida xorijiy mamlakatlarda oʻqish yoki safarda boʻlib turgan harbiy xizmatchilar Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida ovoz berishmoqda.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti