Markazda harbiy sport maktabi oʻquvchilari mehmon boʻlishdi

0
604

“Maʼnaviy yuksalish va vatanparvarlik” kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kichik mutaxassislar tayyorlash markazida ochiq eshiklar kuni oʻtkazildi. Markazga Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 100-sonli harbiy sport maktabi oʻquvchilari ekskursiya qilishdi.
Harbiy libos kiygan ertamiz egalari tashrif davomida kursantlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Dastlab podpolkovnik Sh.Sarimsoqov oʻquvchi yoshlarga zamonaviy oʻqotar qurollar va harbiy texnikalar maketi joylashgan xonada ularga dastlabki maʼlumotlarni berdi. Soʻngra yoshlar kursantlar oshxonasi va yotoqxonasini ham tomosha qildilar.

Bundan tashqari oʻquvchilar taktika, topografiya va boshqa mashgʻulot xonalarida xam boʻlib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Kichik serjant Xayrullo OʻLMASOV