Millatning faxr-iftixori

0
443

Til – millat ko‘zgusi, faxr-iftixori. 21-oktabr o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Farg‘ona garnizoni harbiy xizmatchilari, harbiy prokuratura hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida Farg‘ona shahrida joylashgan Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “Ona tili – millat ko‘zgusi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda texnikum o‘quvchilari, professor o‘qituvchilar ona tilimizni e’zozlovchi she’rlar aytishdi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish vaqtidagi xalqining quvonchli va so‘nggi yillardagi ona tilimizning maqomini oshirishga qaratilgan samaralii ishlar to‘g‘risida so‘zga chiqqanlar aytib o‘tishdi.
Tadbir davomida texnikum o‘quvchilarining turli sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati