Mamlakat taqdiri – mening taqdirim

0
588

Mudofaa vazirligining Toshkent shahridagi Yunusobod, Shayxontohur va Chilonzor tumanlarida joylashgan harbiy qismlarida hamkorlikda tuzilgan rejaga asosan Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari ishtirokida Respublikamizdagi demokratik siyosiy jarayon – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazishga bagʻishlab “Mamlakat taqdiri – mening taqdirim” mavzusida mashgʻulotlar oʻtkazildi.
Mashgʻulot davomida saylovlarni oʻtkazish va oldindan ovoz berish tartibi, prezidentlikka nomzodlarning mehnat faoliyati, saylov oldi dasturlari boʻyicha batafsil maʼlumotlar berish bilan birga qonunchilikga kiritilgan soʻnggi oʻzgartirishlar tanishtirib oʻtildi.
Mashgʻulot ochiq muloqot va savol-javoblarga boy tarzda oʻtkazildi. Harbiy xizmatchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javoblar olishdi.

Yakunda qatnashchilariga qism komandirining tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Shu kabi tadbirlar Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanida joylashgan harbiy qismda ham “Jonajon vatanim kelajagi uchun ovoz beraman” shiori ostida boʻlib oʻtdi. Tadbir davomida ilk marotaba ovoz berayotgan yoshlarga kerakli tavsiyalar berilib, “Yosh saylovchi” qoʻllanmalar tarqatildi.

Mayor Farruhbek SOTVOLDIYEV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti