Millat barhayotligi dalilidir til

0
562

Til bor ekan, millat barhayotdir. Tilni onaga qiyoslash bejiz emas, inson oʻz onasini koʻrmasdan, uning sof muhabbatini, mehrini tuymasdan yashay olishi mumkin emas.
Nizomiy nomidagi Toshket davlat pedagogika universiteti Termiz filialida “Til – maʼnaviyat koʻzgusi” shiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Ushbu tadbirda Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Surxondaryo viloyat mintaqaviy boʻlimi aʼzolari, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi, Termiz harbiy prokuroraturasi, “Veteran” jangchi-nogironlar birlashmasi Surxondaryo viloyat boʻlimi vakillari, shoir va yozuvchilar, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda munosib hissa qoʻshib kelayotgan bir guruh Qurolli Kuchlar faxriylari va oʻqituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Soʻzga chiqqanlar oʻzbek tilining tarixi, rivojlanish bosqichlari, imkoniyatlari haqida maʼlumotlar berishdi.
Yoshlarni vanparvarlik ruhida tarbiyalash, Vatanga boʻlgan muhabbatini, sadoqatini hamda harbiy xizmatga boʻlgan hurmatlarini yanada oshirish maqsadida Termiz garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazi harbiy orkestr jamoasi Vatanni madh etuvchi qoʻshiqlar ijro etdi.
Harbiy qism faxriy qorovul shaxsiy tarkibi va qoʻl jangi guruhlari koʻrgazmali chiqishlari bilan tadbirda ishtirok etayotgan barchaga koʻtarinki kayfiyat ulashdilar.
Talabalar va ijodkor yoshlar tomonidan sheʼrlar, kuy-qoʻshiqlar va raqslar ijro etildi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV,
Termiz garnizoni