Harbiy qismda saylov qonunchiligi bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi

0
679

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Farg‘ona garnizonida joylashgan harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovi munosabati bilan O‘zbekiston ekologik partiyasi, “Adolat” sotsial demokratik hamda Liberal-demokratik partiyalarining ishonchli vakillari va harbiy xizmatchilar ishtirokida saylov targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda ishtirokchilar siyosiy partiyalar vakillari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga ilgari surilayotgan nomzodlarning saylovoldi dasturi bilan yaqindan tanishtirildi.

Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berilib, ular bugungi kunda prezident saylovini o‘tkazishda olib borilayotgan islohotlar va o‘zgarrishlar bilan tanishtirilgan holda siyosiy partiyalar vakillari tomonidan tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati