“Yosh saylovchi-2021” aksiyasi oʻtkazildi

0
598

Zangiota tumanida joylashgan harbiy qismlarning birida Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi, Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti, aloqa harbiy qismi, maxsus avariya tiklash boshqarmasi bilan hamkorlikda “Yosh saylovchi-2021” aksiyasi tashkil etildi.

Tadbirda saylovlarda ilk bor ishtirok etayotgan yosh harbiy xizmatchilar, kursantlar va muddatli harbiy xizmatchilar, shuningdek, iqtidorli oʻquvchi yoshlar oʻrtasida “Yosh saylovchi-2021” aksiyasi doirasida “Viktorina”, “Munozara” hamda saylovga oid “Oʻz kelajagimni oʻzim belgilayman – Sizchi?” shiori ostida insholar tanlovi boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi raisi Shohrux Inomxonov ishtirokida “Yoshsaylovchi.uz” platformasining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

– Saylovda ishtirok etish – bu nafaqat muhim konstitutsiyaviy huquq, balki ayni vaqtda voqea hamdir. Bu ishtirokchilardan oʻz xatti-harakatlari uchun siyosiy masʼuliyatni talab qiladi. Oʻz navbatida saylovchilarning huquqiy madaniyatini shakllantiradi – dedi, Shoxrux Inomxonov.

Oʻtkazilgan tanlovlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan yoshlar Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi va harbiy qism koʻmondonligi tomonidan diplom va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Mayor Sherqoʻzi HAKIMOV, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti