“Qadring baland bo‘lsin ona tilim”

0
572

Termiz garnizonida joylashgan harbiy qism madaniyat markazi binosida “Qadring baland bo‘lsin ona tilim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda Mudofaa vazirligi jamoatchilik kengashi Surxondaryo viloyat mintaqaviy bo‘limi, viloyat Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash boshqarmasi, Termiz shahar adliya bo‘limi va harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Ma’ruzaga chiqqanlar o‘zbek tilining paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi, uni til sifatida shakllanishi, ona tilimizning rivojlanishi uchun davlat tomonidan berilayotgan e’tibor haqida gapirib o‘tdilar.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV,
Termiz garnizoni