“Yoʻldoshobod” mahallasida yoshlar mudofaa vaziri kubogi uchun bellashdilar

0
3296

Yurtimiz boʻylab “Yoshlar oyligi” doirasida kelajagimiz egalari orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga qaratilgan qator sport musobaqalari hamda bellashuvlar ommaviy tarzda oʻtkazib kelinmoqda.

Shu yilning 25-may kuni Mudofaa va Sportni rivojlantirish vazirliklari, Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida harbiy xizmatchilar va yoshlar oʻrtasida 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Milliy kurash va tosh koʻtarish” sport turlari boʻyicha mudofaa vaziri kubogi musobaqalariga start berilgandi.

Kuni kecha Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumani “Yoʻldoshobod” mahalla fuqarolar yigʻinida ham oʻsib kelayotgan yosh avlodni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish maqsadida mazkur musobaqaning dastlabki bosqichi oʻtkazildi. Unda mahallaning 18 dan 30 gacha boʻlgan yoshlari ishtirok etdi.

Toʻrt vazn toifasida boʻlib oʻtgan sport musobaqalari haqiqiy maʼnoda murosasiz kechib, qizgʻin tarzda oʻtganini ishtirokchilar ruhiyatidan ham bilish mumkin. Bir-biridan sogʻlom, bilagi kuchga toʻla mahalla yoshlar orasidan milliy kurash va tosh koʻtarish boʻyicha gʻoliblarni aniqlash oson kechmadi.

Uzoq va qiziqarli ravishda davom etgan bahslar yakunida musobaqa gʻoliblari va sovrindorlari aniqlanib, ushbu musobaqaning tuman bosqichiga yoʻllanma berildi.

Mudofaa vazirliga Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti