Qodiriyni anglash yo‘lida davra suhbati

0
604

XX asr yangi o‘zbek adabiyotining ulkan namoyondasi, o‘zbek adabiyotida roman janri asoschisi Abdulla Qodiriyni yod etmoq bugunning yoshlari uchun katta saboqdir. Buyuk yozuvchining ijodiy merosini o‘rganish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan asarlarini tahlil etish tarixni, o‘zlikni anglashda asqotadigan nodir qo‘llanmadir.

Shu munosabat bilan Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga qarashli harbiy qismda maktab o‘quvchilari hamda harbiy xizmatchilar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda “Do‘stlik” ordeni sohibasi Zulfiya Mo‘minova, harbiy qismning Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi va boshqalar ishtirok etdi. Suhbat davomida o‘lmas ijodkorning mash’um tarixi haqida so‘z yuritildi. O‘z navbatida o‘quvchilar Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodi haqida tasavvurga ega bo‘ldi.

Yakunda o‘quvchilar va harbiy xizmatchilar buyuk nosir haqidagi o‘zini qiziqtirgan savollarga javob oldi.