Oila va jamiyat haqida davra suhbati

0
849

Xalqimiz qadim-qadimdan oilani muqaddas deb bilgan. Agar oila ahil va totuv bo‘lsa, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikka erishiladi, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi.

Kuni kecha Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlari ishtirokida “Oila — bu bexatar va xotirjam joy” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi Harbiy oilalar bilan ishlash bo‘limining bir guruh faollari bevosita ishtirok etib, mavzu doirasida o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdi. Xayotiy tajribalaridan kelib chiqqan holda bo‘lajak ofitserlarga zarur tavsiyalar berib o‘tildi.

Xususan, davra suhbatida oila muqaddas makon ekaniga alohida urg‘u berilib, oilada hayotning davomiyligini ta’minlovchi shahs shakllanishi, er-xotinning vazifasi va burchlari, zamonaviy oilalarda ma’naviy, milliy qadriyatlarning ahamiyati hamda azaliy urf-odatlarimiz haqida so‘z bordi. Kursantlarning bu boradagi fikrlari tinglandi.

Bundan tashqari ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbirda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yaratilayotgan madaniy-maishiy ta’minotiga oid shart-sharoitlar yildan yilga yaxshilanib borayotgani alohida ta’kidlandi.

Davra suhbati qiziqarli savol-javoblarga boy o‘tdi.

Leytenant Muhammadjon Xo‘jayev, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti