“Ezgulik albatta qaytadi”

0
771

Mudofaa vazirligining Qarshi shahrida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari “Ezgulik albatta qaytadi” shiori ostidagi xayriya donorlik aksiyasida faol ishtirok etdilar.

Mazkur aksiya Oʻzbekiston Respublikasida gematologiya va transfuziologiya xizmatlarini rivojlantirish hamda onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan shaxslarni yanada qoʻllab-quvvatlash hamda ular uchun yetarli miqdorda qon mahsulotlari zaxirasini tayyorlash maqsadida oʻtkazildi.

Aksiya doirasida 40 ga yaqin yurt himoyachilari donorlik xayriya aksiyasida qatnashib, onkogematologik kasalliklarga chalingan bemorlarga begʻaraz yordam koʻrsatdilar va xalqimizga xos boʻlgan olijanoblik hamda bagʻrikenglik xislatlarini yana bir bor namoyon qildilar. Bu kabi tadbirlarda harbiy xizmatchilarning ishtiroki xalq va armiya yakdilligini yaqqol ifoda etadi.

Mayor Farruxbek Sotvoldiyev, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti