“Yashil makon” umummilliy loyihasida harbiy institut kursantlari ham faol ishtirok etmoqda

0
5634

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi – bu bir yillik tadbir emas. Darhaqiqat, yashab turgan joyimizni ozoda saqlab, bizdan keyingi avlodlar ham munosib tabiiy muhitda yashashi uchun bugun biz tabiatga mehr va e’tibor bersak, kelajak avlod ham munosib ekologik sharoitda yashaydi. Buning uchun bizdan talab qilinadigani – tabiatni toza-ozoda saqlagan holda yer va suv resurslarini, ekologik tizimni asrash hamda daraxt ekib, bog‘ yaratish.

Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida xizmat qilayotgan barcha harbiy xizmatchilar ushbu loyihada faol ishtirok etib kelmoqdalar. Xususan, Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti kursantlari Toshkent viloyatining Yangiyo‘l, Chinoz va Zangiota tumanlari hududini obodonlashtirish, “Yashil makon”ga aylantirish, tabiatni asrash tadbirlarida jonbozlik ko‘rsatib kelishmoqda.

Loyiha doirasida harbiy institut kursantlari tomonidan Yangiyo‘l tumanida 540 ta mevali va 460 ta manzarali, Chinoz tumanida 600 ta mevali, 400 ta manzarali va Zangiota tumani hudadida 420 mevali 580 ta daraxt ko‘chatlar ekib o‘tqazildi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etgani uchun tuman xokimlari nomidan aloqa harbiy institutiga minnatdorchiliklar bildirildi.

Mayor Sherqo‘zi HAKIMOV, Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti