Kursantlarning nazariy va amaliy bilimlari sinovdan o‘tkazilmoqda

0
602

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa sohasida yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida harbiy-ilmiy tadqiqotlarni tashkillashtirish, uning infratuzilmasi va o‘quv moddiy-texnik bazasini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti qisqa vaqt ichida ko‘plab yutuq va natijalarga erishdi.

Shu kunlarda Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti professor-o‘qituvchilari va malakali ofitser o‘qituvchilar tomonidan kursantlarning olgan bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazilmoqda.

Maqsad bitta, bo‘lajak ofitserlarda yuqori ma’naviy-ahloqiy, psixologik va yetakchilik sifatlarini, vatanparvarlik hamda o‘z Vatanidan va Qurolli Kuchlaridan faxrlanish, O’zbekiston mustaqilligi g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish, ularda keng dunyoqarashni va intellektual salohiyatni rivojlantirishdir.

Mayor Sherqo‘zi HAKIMOV