Kattaqoʻrgʻonda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi

0
644

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 30 yilligi munosabati bilan “Xalq va armiya – bir tanu bir jon” shiori ostida oʻtkazilayotgan “vatanparvarlik oyligi” tadbirlari doirasida Kattaqoʻrgʻon tumani Ingichka qoʻrgʻonida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi.

Uchrashuvda podpolkovnik Firdavs Umarov Qurolli Kuchlarimiz tashkil topgan kundan boshlab bugungi kunga qadar amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasi, muddatli harbiy xizmatga borish va xizmatda qolish tartibi, oliy harbiy taʼlim muassasalari, shuningdek yurt himoyachilari erishayotgan yutuqlar yuzasidan maʼlumotlar berib oʻtdi.

Bundan tashqari yoshlarning fan, taʼlim, sport, madaniyat sohalaridagi yutuqlari ham sezilarli darajada koʻpayganligini taʼkidlab, bu kabi iqtidorli yoshlarni harbiy xizmatchilar doimo qoʻllab-quvvatlashga shayligini takidladi.

Uchrashuv chogʻida yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, berilgan javoblardan oʻzlariga kuch va gʻayrat, oʻz ishiga shijoat va fidoiylik kabi xislatlarni olgan boʻlsa, bir guruh iqtidorli yoshlar sovgʻalar va badiiy adabiyotlar toʻplami bilan taqdirlangani ularni yanada ruhlantirdi.

Uchrashuvdan soʻng Ingichka aholisi va yoshlari uchun harbiy-vatanaparvarlik festivali oʻtkazildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati