“Dolzarb 30 kun” doirasida amaliy tadbirlar o‘tkazilmoqda

0
449

Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha “Dolzarb 30 kun” tadbirlariga muvoqiq nazariy va amaliy oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.

Termiz garnizoni Yongʻin nazorati inspeksiyasi xodimlari Xayrobod garnizonida joylashgan harbiy shaharchadagi harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bilan yongʻin xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan mashg‘ulotlar tashkil etildi. Mashgʻulotga Denov tumani favqulodda vaziyatlar boʻlimi, tuman tibbiyot birlashmasi va maxsus texnikalar ham jalb etildi.

Dastlab harbiy xizmatchilarning oila aʼzolariga gaz va elektr asboblaridan foydalanayotganda yongʻin xavfsizligi choralariga toʻliq amal qilish, ularni nazoratsiz qoldirmaslik; turli xildagi nosoz va foydalanishga yaroqsiz sovutish uskunalaridan foydalanmaslik, elektr tarmoqlari va kabellarga ortiqcha yuklanishlar xosil boʻlishiga yoʻl quymaslik yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. 

Mashgʻulotning ikkinchi qismida harbiy qism shaxsiy tarkibiga birlamchi yongʻin oʻchirish vositalarining taktik-texnik xususiyatlari, favqulodda yongʻin sodir boʻlganda ulardan foydalanish tartibi, yongʻindan, elektr tokidan zararlangan va is gazidan zaharlangan shaxsga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish tartibi, shuningdek, yongʻinni bartaraf etish boʻyicha hamkorlikdagi kuch va vositalarning harakatlari mutaxassislar tomonidan amalda koʻrsatib berildi.