Samarqand va Jizzaxda harbiy qismlarning qutlugʻ sanasi keng nishonlandi

0
1746

Samarqand hamda Jizzax garnizonlaridagi harbiy qismlarda harbiy qism tashkil etilgan sanaga bagʻishlangan tantanali tadbirlar oʻtkazildi. Unda Markaziy harbiy okrugi qoʻmondonligi, tuman hokimliklari va mehmonlar harbiy qism shaxsiy tarkibini ushbu qutlugʻ sana bilan tabriklab, yurt posbonlarining kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilashdi.

Jumladan, tabrik soʻzida milliy armiyamiz saflarida oʻz oʻrniga ega boʻlgan ushbu harbiy qismlarning harbiy xizmatchilari uzoq yillar davomida turli oʻquv mashgʻulotlarida, umumarmiya oʻyinlarida, qolaversa, xalqaro musobaqalarda faol ishtirok etib, Oʻzbekiston bayrogʻi baland koʻtarilishiga munosib hissa qoʻshganligini eʼtirof etildi.

Sana munosabati bilan jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik borasida, harbiy okrug, Mudofaa vazirligi va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda muayyan yutuqlarga erishgan bir guruh harbiy xizmatchilar navbatdagi harbiy unvon, esdalik nishonlari va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati