Viloyat hokimi “Vatan tayanchi” harakati aʼzolarini yutugʻini eʼtirof etdi

0
268

Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida davom etayotgan “Yoshlar oyligi” doirasida Navoiy shahridagi Yoshlar markazida “Hokim va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Navoiy viloyati hokimi, umumtaʼlim maktablar oʻquvchilari, oliy taʼlim va professional taʼlim talabalari, faol va iqtidorli yoshlar, yosh harbiy xizmatchilar, hokim oʻrinbosarlari hamda tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Unda viloyat hokimi gʻayratli, vatanparvar yoshlarga qarata yurtning yuksak ishonchi va umidini toʻla oqlash, unga munosib boʻlish dunyodagi eng ulugʻ baxt ekanligini ta’kidlab, viloyat yoshlari erishayotgan yutuqlarni sarhisob qildi.

Xususan, “Aybin—2024” xalqaro harbiy-vatanpvarlik yigʻinida faxrli ikkinchi oʻrinni egallagan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati jamoasini aʼzolari boʻlgan konimexlik Murod Arzikulov hamda qiziltepalik Nigora Isoqulovaning erishgan yutuqlarini alohida tilga olindi.

Shuningdek, ochiq muloqot davomida viloyat hokimi bir guruh yoshlarni yorqin yutuqlari, yosh harbiy xizmatchilarning faolligi uchun tashakkurnoma va qimmatbaho sovgʻalar, umumtaʼlim maktablarini aʼloga yakunlagan oʻquvchi yoshlarni oltin medallar bilan taqdirladi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati