Samarqand yoshlarini jamlagan festival

0
738

“Yoshlar oyligi” doirasida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi eng katta festivallardan biri Samarqand shahrida oʻtkazildi.

Erta tongdan Sohibqiron Amir Temur haykali poyiga gulchambarlar qoʻyish bilan boshlangan festival Samarqand shahridagi turli maskanlarda koʻrik-tanlov, uchrashuvlar hamda yoshlar oʻrtasidagi musobaqalarga ulandi.

Xususan, “Vatanparvar” bogʻida tashkil etilgan festivalni Samarqand garnizonining harbiy orkestr jamoasi Vatnanni, mardlik va jasurlik tarrannum etuvchi kuy-qoʻshiqlari bilan boshlab berdi. Shundan soʻng, harbiy xizmatchilarning farzandlari orasida “Yosh shaxmatchi”, “Yosh rassom” va insholar tanlovi, mahalla yoshlari hamda askar oʻrtasida arqon tortish, tosh koʻtarish, “street workout” hamda armrestling boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi.

Yigirma mingdan ortiq yoshlarni oʻzida jamlagan yoshlar festivalining asosiy sahnasi Qorasuv massividagi “Yangi Oʻzbekiston bogʻi”ga koʻchib, viloyat hokimligi hamda Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi mas’ullari barcha yoshlarni bayram bilan qutlab, viloyatda yoshlar siyosati sohasida xizmat qilib kelayotgan bir guruh soha xodimlari va faol yoshlarni munosib ragʻbatlantirildi.

Poytaxtdan kelgan sanʼatkorlar ishtirokida tashkil etilgan gala-konsert dasturlari hamda mushakbozlik shousi shahar ahli uchun unutilmaslar onlarni taqdim etdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati