“G‘alaba bog‘i”da yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi

0
758

“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida yoshlar festivali tashkil etildi. Unda Olmazor tumanining faol va iqtidorli yoshlari hamda maktab bitiruvchilari ishtirok etdi.

Festival avvalida yoshlar harbiy orkestr sadolari ostida qarshi olindi. Shundan so‘ng hamkor tashkilot vakillari so‘zga chiqib, barchani 30-iyun —Yoshlar kuni munosabati bilan samimiy tabriklab, tumanning namunali yoshlarini alohida e’tirof etdi.

Jumladan, kuni kecha “Aybin-2024” Xalqaro musobaqasida ishtirok etib, g‘alaba qozongan “Vatan tayanchi” otryadi a’zosi, Olmazor tuman 298-maktab o’quvchisi Abbosxon Abzalxonov tantanali taqdirlandi.

Yosh bo‘lishiga qaramay, ixtirochi 3D modellashtirish, aeronaftika, shuningdek, robototexnika bo‘yicha tajriba va bilimga ega. U Olmazor tumanida bo‘lib o‘tgan “DreamSat” loyihasida “Nazar X mobile” nomli platformasi bilan ishtirok etgan. Shuningdek, ixtirolari bilan bugungacha ko‘plab grant va sovrinli yutuqlarni qo‘lga kiritgan.

Abbosxon Abzalxonov Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan “Aybin-2024” xalqaro bellashuvida “Smart sarbast” robototexnika yo‘nalishida ishtirok etib, eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti