Markaz bitiruvchilari Vatanga qasamyod qabul qildi

0
3143

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Harbiy tayyorgarlik oʻquv markazida Toshkent shahridagi 11 ta oliy taʼlim muassasasidan taʼlim olgan talabalar Vatanga qasamyod qabul qildi.

Tantanali tadbirda Oʻzbekiston mudofaa vazirining oʻrinbosarlari, Milliy universiteti rahbariyati va boshqalar Qurolli Kuchlar safiga kirishda qabul qilinadigan Vatanga qasamyod har bir oʻgʻlonning hayot qomusi ekanini qayd etib, markaz bitiruvchilarini samimiy qutladi. Ushbu qasamyod yurt posbonining ona Vatanga sodiq boʻlishga bergan muqaddas onti, uning har bir soʻzi er yigitga xalqimiz, Prezidentimiz oldida mamlakatimiz suvereniteti va hududiy yaxlitligining ishonchli himoyasi uchun yuksak masʼuliyatni eslatib turishi taʼkidlandi.

Maʼlumot oʻrnida keltirish joizki, Oʻzbekiston Milliy universiteti Harbiy tayyorgarlik oʻquv markaziga oliy taʼlim muassasalarining 2-bosqichini tamomlab, tibbiy koʻrik, jismoniy tayyorgarlik sinovlari hamda chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik boʻyicha testdan muvaffaqiyatli oʻtgan talabalar qabul qilinadi.

Unda Qurolli Kuchlarda tarbiyav-mafkuraviy ishlarni tashkillashtirish, umumqoʻshin-qoʻmondonlik, artilleriya boʻlinmalari, front orti taʼminoti va yana boshqa bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Bir yillik oʻquvlar soʻngida yakuniy davlat imtihonlarini topshirgan bitiruvchilar “zaxiradagi leytenant” unvoniga ega boʻladi.

Tadbirda harbiy orkest hamda Qurolli Kuchlar akademiyasi kursantlarining qoʻl jangi chiqishlari tadbir ishtirokchilariga yuqori kayfiyuat bagʻishladi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti