“Vatan tayanchi” jamoasi “Aybin—2024” xalqaro harbiy-vatanpvarlik yig‘inida faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi

0
1657

Olmaota shahridagi Quruqlikdagi qo‘shinlar harbiy institutida “Aybin” xalqaro harbiy-vatanparvarlar yig‘ini yakunlandi. Yig‘inda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Qozog‘iston, Ozarbayjon, Belarus, Qirg‘iziston, O‘zbekiston Respublikalari va Rossiya Federatsiyasidan kelgan 750 nafar o‘g‘il-qizdan iborat jamoalar “Aybin sovg‘asi” intellektual o‘yini, robototexniklar o‘rtasida “Bilimdon askar” sharti, “AK-74” qurolini noto‘liq qismlarni ajratish va yig‘ish shartlarida o‘zaro bellashdi.

Bir necha kun davom etgan murosasiz bahslar yakunida “Vatan tayanchi” jamoasi umumjamoa hisobida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Birinchi o‘rin esa mezbon — Qozog‘iston jamoasiga nasib etdi.

Musobaqaning tantanali yopilish marosimida jamoamizga kubok, medallar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti