Aloqa harbiy institutida bitiruv tantanasi o’tkazildi

0
1845

Bugun, 22-iyun kuni Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida bitiruv marosimi boʻlib oʻtdi.

Tantanali tadbirni mudofaa vaziri o‘rinbosari polkovnik Qodirjon Tursunov ochib berar ekan, barchani ushbu unutilmas kun bilan qutlab, ushbu maskan milliy harbiy kadrlarni tayyorlashda yetakchi harbiy taʼlim markaziga aylanganini, mazkur ilmiy dargohda nafaqat mamlakatimiz, balki qoʻshni davlatlardan kelgan  kursantlar ham tahsil olishayotganini faxr bilan taʼkidlab oʻtdi.

Saf maydonida jangovar bayroq magʻrur hilpiradi. Ofitserlarga diplom va esdalik sovgʻalar davomiy olqishlar bilan topshirildi.

Soʻzga chiqqan turli muassasa va tashkilotlar vakillari ham ushbu bitiruvchi leytenantlar oʻzlari bilan armiyamizga yangi bilim va tafakkur, innovatsion gʻoya va tashabbuslar olib kirishiga, izchil islohotlarimizning faol davomchisi boʻlishiga ishonch bildirdilar. Ayniqsa, bitiruvchilar va ularning ota-onalari hayajonli nutqlari barchani birdek toʻlqinlantirdi.

Bitiruv marosimining badiiy qismi Toshkent shahri “Yangi Hayot” tumani bolalar musiqiy maktabi oʻquvchilarining “Yangi Oʻzbekiston farzandlarimiz” nomli musiqiy chiqishlari, desantchilar harbiy qismining qoʻl jangi namoyishlari, “Impuls” jamoasining kuy-qoʻshiqlari bilan barchaga xushkayfiyat ulashdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti