Navoiy hamda Samarqandda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” oʻtkazildi

0
693

Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi “Yoshlar oyligi” doirasida oʻziga biriktirilgan yoshlarni vatanparvarlikka undash, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda tashabbuslarini roʻyobga chiqarish maqsadida Navoiy hamda Samarqand viloyatlarida uchrashuvlar oʻtkazdi.

Tomdi va Navbahor tumanlarida oʻtkazilgan uchrashuvlarda tuman hokimliklari, viloyat mudofaa ishlar boshqarmasi hamda garnizondagi harbiy qismlar yurtimizda yoshlar siyosatiga oid davlat dasturi asosida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlar hamda milliy armiyamiz kuch-qudrati, Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilish va oliy harbiy taʼlim muassasalarida tahsil olish toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtishdi.

Shuningdek, Samarqand tumanida oʻtkazilgan uchrashuvda viloyat va tuman hokimliklari mas’ullari, Samarqand garnizonidagi harbiy qism rahbariyati ishtirok etib, 1-sektor hududida istiqomat qiluvchi yoshlarning ijtimoiy masalalarini oʻrganib, ularning bandligini taʼminlash, profilaktik hisobdan chiqarish kabi masalalarini ijobiy hal etishdi.

Uchrashuvlardan soʻng, yoshlar uchun harbiy orkestr jamoalarining Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlari, faxriy qorovulning koʻrgazmali saf chiqishlari hamda qoʻl jangi sahnasini namoyish etilgani yig‘ilganlarda yurt ravnaqi yoʻlidagi dahldorligini yanada oshirdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati