Qoʻmondonlik miqyosida “Siz qonunni bilasizmi?” tanlovi oʻtkazildi

0
614

“8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun” munosabati bilan boʻysunuvchi harbiy qismlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik, sogʻlom raqobat hamda tashabbuskorlik muhitini shakllantirish maqsadida Mudofaa vazirligining Toshkent shahrida joylashgan harbiy qismlarining birida “Siz qonunni bilasizmi?” tanlovi tashkil etildi.

Tanlovdan koʻzlangan asosiy maqsad harbiy xizmatchilarimizni qonunchilikdagi yangiliklar va oʻzgarishlarga boʻlgan qiziqish va intilishlarini qoʻllab-quvvatlash, joylardagi huquqiy savodxonlik muhitini shakllantirishga erishish, harbiy xizmatchilar ongida Vatanimiz tarixi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, huquqiy hayot haqidagi tushuncha, bilim va koʻnikmalarini yanada yuksaltirish harbiy xizmatchilarda milliy oʻzlikni anglash, qadimiy va betakror diyorimizdagi qonunchilik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular oʻrtasida huquqiy madaniyatni keng ommalashtirish etib belgilandi.

Ishtirokchi jamoalar tanishtiruv, uyga vazifa, savol-javob va sardorlar bellashuvi kabi toʻrtta shart boʻyicha oʻzaro bellashdilar.

Har bir shart yakunida hakamlar tomonidan jamoalarning ishtiroki odilona baholab borilidi.

Tanlov natijalariga koʻra, Toshkent shahrida joylashgan harbiy qismning “Temur vorislari” jamoasi fahrli birinchi oʻrinni, Olmaliq shahrida joylashgan harbiy qismning “Ombudsman” jamoasi fahrli ikkinchi oʻrinni, Bekobod shahrida joylashgan harbiy qismning “Adolat” jamoasi fahrli uchinchi oʻrinni egalladilar.

Bu kabi tadbirlar harbiy xizmatchilarning xuquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti