Boks boʻyicha jahon chempioni Shahobiddin Zoirov harbiylar mehmoni boʻldi

9

Mamlakatimizda oʻtkazilayotgan “Yoshlar oyligi” tadbirlari doirasida harbiy xizmatchilar bilan turli sport musobaqalari, mashhur sportchilar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil qilinmoqda.

Shunday tadbirlardan biri Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligiga qarashli Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida joylashgan harbiy qismlardan birida oʻtkazildi.

Jahon chempioni, “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi Shahobiddin Zoirov bilan tashkil qilingan samimiy suhbat davomida, harbiy xizmatchilar boks sport turining sir-asrorlari, musobaqalar jarayonidagi oʻziga xosliklar yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Shuningdek, Shahobiddin Zoirov sportning inson salomatligi uchun foydali jihatlari va harbiylarning jangovar xizmat faoliyatidagi ahamiyati xususida ham alohida toʻxtalib oʻtdi.

Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligi matbuot xizmati