Saxovat — xalqimizga xos fazilatdir

0
737

Osmoni musaffo, turmushi farovon yurtning bayramlari doimo koʻtarinki ruhda davom etadi. Joylarda yurtimiz mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlarcha halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari holidan xabar olinib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilyapti.

1999-2000-yillarda Surxondaryo viloyati Sariosiyo va Uzun tumanlarida ekstremistik kuchlar tomonidan sodir etilgan bosqinchilik harakatlarida mard o‘g‘lonlar el-yurt koriga yarab, hamyurtlarimiz tinchligi yoʻlida koʻksini qalqon qilgan edi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi va Xayrobod garnizonlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar “Yangi hayot uchun Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida xizmat burchini bajarish vaqtida halok boʻlgan marhum harbiy xizmatchi kichik serjant Muhiddin Eshtemirov, serjantlar Mashrab Joʻrayev va Chori Shamiyev xonadonlarida bo‘ldi. Shuningdek, xizmat vaqtida tan jarohati olish oqibatida nogiron boʻlib qolgan harbiy pensionerlar katta leytenant Nematullo Joʻrayev va serjant Shuhrat Qayumov holidan xabar olindi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni