Sirdaryoda harbiy xizmatchilarga yangi uylar topshirildi

0
1119

Yurtimizda Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan harbiy okruglarda “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda. Ushbu tadbirlar doirasida harbiy xizmatchilarga yangi xonadonlar kalitlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar ham o‘tkazilyapti.

Xususan, bugun, 28-avgust kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahrida 30 nafar harbiy xizmatchiga koʻp qavatli uylar tantanali ravishda topshirildi.

Tantanali tadbirlarda Toshkent harbiy okrugi qoʻmondoni, Qurolli Kuchlar faxriylari, jamoat tashkilotlari harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari ishtirok etdi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati