Harbiy qism hududida yangi futbol maydoni foydalanishga topshirildi

0
1395

Harbiy xizmatchilar hamda ularning farzandlarini jismonan chiniqtirish, ular sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun qoʻshinlarda zarur sharoitlar yaratilib kelinmoqda.

Shu kabi ezgu maqsadlar yo‘lida mustqilligimizning 32 yilligi munosabat bilan Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumanida joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism hududida ham zamonaviy mini-futbol oʻyingohining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.  

Samarqand viloyatining olis hududida joylashgan harbiy qismda barpo etilgan, barcha zamonaviy shart-sharoitlarga ega futbol oʻyingohining ochilish marosimida harbiy-maʼmuriy sektor rahbarlari, davlat va nodavlat tashkiloti vakillari qatnashdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar bugungi kunda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari orasida sogʻlom turmush tarziga targʻib qilish borasida bir qancha ijobiy ishlar amalaga oshirilib kelinayotgani haqida fikr bildirdi.

Tadbir soʻnggida esa harbiy xizmatchilar oʻrtasida oʻrtoqlik futbol oʻyini tashkil etildi.