Yoshlarning huquqiy bilimlari oshirildi

0
458

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlarida qonun ustuvorligini ta’minlash, qonun buzilishlarining oldini olish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan, Farg‘ona “Temurbeklar maktabi”da Farg‘ona harbiy prokuraturasi ishtirokida “Harbiy porkuratura faoliyati hamda vazifalari, harbiy prokuratura tarixi, qonun buzilishlarini oldini olish borasidagi qilinayotgan ishlar” mavzularida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda soha xodimlari tomonidan o‘quvchi yoshlarga mavzu yuzasida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

“Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari bilan mavzuga oid savol javoblar ham o‘tkazildi. Suhbat davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldi.

O‘quvchi yoshlar orasida kelajakda harbiy xizmatchi bo‘lish, huquq-tartibot organlarida ishlash, ushbu sohada yuqori natijalarga erishish istagini bildirganlarga kerakli maslahatlar berildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati