Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan keng qamrovli tadbirlar

0
886

Mudofaa vazirligi tasarrufidagi barcha harbiy qismlar va muassasalarda Mudofaa vazirligi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi xodimlari ishtirokida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Ta’kidlash kerakki, korrupsiya davlat va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga putur yetkazuvchi og‘ir jinoyatdir. Ushbu jinoyatning ko‘p turlari pora berish va pora olish, tovar va moddiy boyliklarni o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish va boshqa jinoyatlardan iborat.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi yaratilgan. Ana shunday samarali tizim faoliyatini ta’minlash maqsadida Mudofaa vazirligidagi ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, harbiy qismlarda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tashkil etilayotgan tadbirlar davomida xodimlar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlarning oldini olish, kamchilik va qonun buzilish bilan bog‘liq vaziyatlar yuzasidan ma’ruzalar qilinyapti. Shu bilan birga, tartib-intizom va mas’uliyatni kuchaytirish, jinoyatchilikning oldini olish muhitini mustahkamlash – huquqbuzarlikning oldini olishdagi asosiy omil ekanligi ta’kidlanmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi amalga oshirgan islohotlari — barcha davlat boshqaruvi organlarining ochiqligini ta’minlash, bu organlarning asosiy yo‘nalish sifatida xalq xizmatini qilish sifatida belgilab qo‘yilishi, sud va huquqni himoya qilish organlarining xalq oldida mas’ulligi va hisob berib borish prinsiplarini o‘rnatilishi, ta’sirchan jamoatchilik nazorati o‘rnatilmas ekan, bu baloga qarshi samarali kurashni tashkil eta olmaymiz. Bu illat bilan nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, balki har bir jamoa jiddiy kurashishi kerak.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti