Muddatli harbiy xizmatchilar uchun telemuloqot tashkil etildi

0
715

Mudofaa vazirligi, Surxondaryo va Samarqand viloyati hokimliklari hamkorligida Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugning Termiz, Markaziy harbiy okrugning Samarqand garnizonlarida muddatli harbiy xizmat burchini oʻtayotgan askarlar hamda ularning ota-onalari, yaqinlari uchun telekoʻprik tashkil etildi.

Telemuloqotda okrug maʼsul ofitserlari, xotin-qizlar va harbiy xizmatilarning oila aʼzolari bilan ishlash boʻyicha yetkachi mutaxassilar, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi viloyat mintaqaviy boʻlimi, Termiz harbiy prokuraturasi va boshqalar soʻzga chiqib, soʻnggi yillarda mamlakatimiz Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha fikr yuritdi.

Milliy armiyamiz safida yigitlik burchini sharaf bilan oʻtayotgan muddatli harbiy xizmatchilar hamda ularning ota-onalariga chuqur minnatdorchilik bildirilib, Vatan posbonlari yaqinlashib kelayotgan bayram bilan qutlandi.

Telemuloqot davomida Surxondaryo viloyatida xizmat qilayotgan bir guruh samarqandlik askarlar, shuningdek, Samarqand viloyatida yigitlik burjini bajarayotgan surxondaryolik muddatli harbiy xizmatchilar ota-onalari bilan telekoʻprik orqali diydor koʻrishib, oʻzaro suhbatlashdi. Askarlar harbiy xizmatda o‘rganayotgan bilin va ko‘nikmalari, erishgan yutuqlari haqida so‘zlab berdi. 

Tadbir davomida Termiz garnizonida xizmat qilayotgan muddatli harbiy xizmatchilarga Surxondaryo viloyat hokimligining qimmatbaho sovgʻalari topshirildi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni