“Termiz” poligonida kuch tuzilmalari hamkorligida navbatdagi amaliy oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi

0
675

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug “Termiz” umumqoʻshin dala oʻquv maydonida Surxondaryo viloyatidagi kuch tuzilmalari radiatsion kimyoviy biologik muhofaza boʻlinmalari bilan hamkorlikda amaliy oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.

Oʻquv mashgʻuloti bolanishidan oldin bugungi kunda radiatsion kimyoviy biologik muhofaza boʻlinmalarida mavjud zamonaviy qurol-aslahalar, himoya vositalari hamda oʻquv nuqtalari haqida mashgʻulot rahbarlari tomonidan bartafsil maʼlumotlar berildi.

Shundan soʻng radiatsion kimyoviy biologik muhofaza boʻlinmalarining maxsus texnikalarida radiatsion kimyoviy biologik razvedka harakatlari, vazifa bajarayotgan shaxsiy tarkib zararlangan hududlardan oʻtish tadbirlari hamda maxsus ishlov berish ishlari amaliy bajarildi.

Navbatdagi oʻquv nuqtasida esa kuchli taʼsir qiluvchi zaharlovchi moddalar saqlanayotgan hududlarda avariya holati yuz berganda Mudofaa vazirligi hamda favqulodda vaziyatlar boshqarmasi radiatsion kimyoviy biologik muhofaza boʻlinmalari bilan hamkorlikda zararsizlantirish boʻyicha amaliy harakatlar namoyish etildi.

– Bunday tadbirlarni oʻtkazishdan maqsad Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari radiatsion kimyoviy biologik muhofaza boʻlinmalari bilan hamkorlikni amalga oshirish hamda radiatsion kimyoviy biologik muhofaza vaziflarini amaliy bajarish davomida yuqori bilim-saviyaga ega boʻlish koʻzda tutilgan, – deydi mayor Noʻmonjon Berdiqulov.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV,Termiz garnizoni