Harbiy qismda ijodiy tanlovlar o‘tkazildi

0
738

Toshkent viloyatining Yangiyo’l tumanida joylashgan Havo hujumidan mudofaa qo’shinlari va Harbiy havo kuchlari qo’mondonligiga qarashli harbiy qismda “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Yangiyo‘l tuman va shahar bo‘linmalari, Toshkent viloyati Chaqiriluvchilarini harbiy texnika mutaxassisligi bo‘yicha tayyorlash markazi, Milliy gvardiya Yangiyo‘l shaharlararo qo‘riqlash bo‘limi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va yana bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu tadbirda “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” mavzusida bir qator badiiy tanlovlar tashkil etildi.

Xususan, harbiy qism muddatli harbiy xizmatchilari, Toshkent viloyati Chaqiriluvchilarini harbiy texnika mutaxassisligi bo‘yicha tayyorlash markazi kursantlari va Milliy gvardiya Yangiyo‘l shaharlararo qo‘riqlash bo‘limi xodimlari o‘rtasida “Korrupsiya kelajakka tahdid” mavzusidagi insholar ko‘rik tanlovida ishtirokchilar nafaqat bilimlarini sinovdan o’tkazdi, balki mavzu yuzasidan o’z takliflarini bildirish imkoniyatiga ega bo’ldi ham.

“O‘zbekiston yoshlar nigohida” mavzusidagi tasviriy san’at tanlovi va “O‘zbekistonlik ekanimdan faxrlanaman”, “Vatanga xizmat qilish buyuk maqsadim”, “Ona Vatanimning buyuk farzandlari” mavzularidagi maqolalar tanlovlarida esa yoshlar ijodiy fikrlash va uni ravon ifodalash borasida bilimlarini sinovdan o’tkazdi. Yurtimiz bo’ylab istiqlol bayramlari davom etadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti