Forishda qur’a tashlash bo‘lib o‘tdi

0
1721

Markaziy harbiy okrug “Forish” dala o‘quv maydonida oʻtkazilayotgan “Qurolsoz usta” va “Dala oshxonasi” musobaqalarida jamoalarning ishtirok etish tartibini aniqlash maqsadida qurʼa tashlash jarayoni oʻtkazildi. Unda Mudofaa vazirligi Sport markazining taniqli sportchilari tashkilotchilarga yordamchi boʻldi.

Dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan musobaqa ishtirokchilari uchun bu bir qadar intiqlik bilan kutilgan lahza edi. Qurʼa tashlash natijalariga koʻra, har ikkala musobaqaning ilk shartini Rossiya Federatsiyasi vakillari boshlab beradigan boʻldi. “Qurolsoz usta” musobaqasida tartibli ravishda Eron va yurtimiz jamoasi shartlarni bajarishga kirishishadi.

“Dala oshxonasi” musobaqasida esa Rossiya Federatsiyasidan keyin Belarus, Oʻzbekiston, Tojikiston hamda vyetnamlik ishtirokchilar navbatdagi raqamlarni band qildi.

Kapitan Aziz NORQULOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti