Harbiy xizmatchilar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi

20

O‘zbekiston Respublikasi Kurolli Kuchlari akademiyasida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida «Harbiy xizmatchilar tomonidan yo‘l harakati hodisalarini sodir etilishini oldini olish hamda yo‘l harakati qoidalariga kiritilayotgan o‘zgarishlar» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Mutaxassislar yurtimizda yo‘l harkati hodisalari sodir etilishini oldini olish bo‘yicha zamon talablari asosida amalga oshirilayotgan ishlar, sohada qilingan yangilanish va o‘zgarishlar xususida so‘z yuritdi.

Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi Bosh Boshqarmasi matbuot xizmati boshlig‘i mayor Akmal Yunusov harbiy xizmatchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti