Qoʻshinlarning shayligi koʻrikdan oʻtkazilmoqda

0
8675

Kelayotgan may oyidan Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida boshlanadigan yangi 2022/2023-oʻquv yili arafasida Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlarida saf koʻrigi boʻlib oʻtdi.

Mudofaa vazirligi hamda harbiy okrug masʼul ofitserlaridan iborat komissiya tarkibi tomonidan belgilangan talablarga asosan Nukus va Urganch garnizonlarida har bir harbiy xizmatchining individual tayyorgarligi, tashqi koʻrinishi, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligi va rasmiylashtirilganlik holati, qurol-aslaha va anjomlar, harbiy texnikaning holati, oʻquv-moddiy bazalarning tayyorgarligi koʻrib chiqildi.

Saf koʻrigida asosiy eʼtibor shaxsiy tarkibning yangi oʻquv yilini yuksak jangovar shaylik ruhida boshlashiga, shaxsiy himoya vositalari bilan butlanganligiga, buyum xalta va ularning tarkibi, tibbiy vositalar mavjudligiga qaratildi.

Shuningdek, harbiy qism negizida vzvod va dala sharoitida qoʻllaniladigan oʻquv-moddiy bazalar holati, boʻlinmalarda yuritiladigan hujjatlar, xizmatda foydalaniladigan oʻquv qoʻllanma va adabiyotlar bilan butlanganlik darajasi ham tekshirildi.

Yangi oʻquv yilida harbiy okrug hududida joylashgan barcha sport shaharchalari, jangovar tayyorgarlik obyektlaridan samarali foydalanish uchun joriy taʼmir ishlari yakunlangan.

Yangi 2022/2023-oʻquv yili boshlanishi oldidan bu kabi oʻquv uslubiy-amaliy yigʻinlar barcha harbiy okruglarga bo‘lib o‘tmoqda.

Sharqiy harbiy okrug
Sharqiy harbiy okrug
Sharqiy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug