Harbiy mahallada oziq-ovqat yarmarkasi oʻtkazildi

7

Markaziy harbiy okrugga qarashli Jizzax garnizonida harbiy xizmatchilarning oilalari uchun oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi.

Viloyatning Baxmal tumanidagi ʻVatanparvarʻ mahallasida tashkil etilgan arzonlashtirilgan yarmarka harbiylar va ularning oila aʼzolari uchun ayni muddao boʻldi.

Harbiy qism komandiri oʻrinbosari mayor Muhammad Azimovning taʼkidlashicha, ushbu yarmarka karantin vaqtida harbiy oilalar talab va istagidan kelib chiqib, birinchi marta oʻtkazilmoqda.

Shu bilan birga, harbiy shaharchada harbiy oilalarga zaruriyatsiz koʻchaga chiqmaslik toʻgʻrisida tashviqot tadbirlari oʻtkazilib, hududlarni dizenfeksiya qilish ishlari ham amalga oshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati