Ekstremal vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish tajribasi (foto)

31

Toshkent harbiy okrugiga qarashli harbiy qismlarda qo‘shinlarni ekstremal vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish malakasini oshirishga bag‘ishlangan davra suhbatlari bo‘lib o‘tmoqda.

Unda taniqli psixologlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etib, harbiy xizmatchilarda murakkab jarayonlarda ham to‘g‘ri qaror qabul qila olish salohiyatini shakllantirish, ruhiy zo‘riqishlarni hamda tushkunlik va qo‘rquvlarni bartaraf etish borasidagi nazariy va amaliy bilimlarini bermoqdalar.

Ekstremal vaziyatlarda mustaqil karor kabul kilish mashg‘ulotlarini harbiy qism psixologi mayor Ozodbek Usmonov hamda harbiy qism jangovar tayyorgarlik bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Rasuljon Sobirov hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Shu kabi tadbirlardan yana biri Angren shahridagi harbiy qismlardan birida o‘tkazilib, unda Transport kolleji psixologiya fani o‘qituvchisi Ozoda Kurbonova tomonidan harbiy xizmatchilarni qiynayotgan masalalarga atroflicha yechim izlandi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati