AK-3 va PM-3 qurollaridan otish musobaqasida Тoshkent harbiy okrugi peshqadam bo‘ldi

65

Markaziy harbiy okrugi poligonida AK-3 va PM-3 qurollaridan otish bo‘yicha Mudofaa vazirligi chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada oliy harbiy o‘quv muassalari, harbiy okruglardan jami 32 jamoa – 195 nafar harbiy xizmatchi ishtirok etdi.

Bahslardan ko‘zlangan asosiy maqsad Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan chempionatga tayyorgarlik ko‘rish va kuchli sportchilarni saralashdan iborat.

Natijalarga ko‘ra PM-3 yo‘nalishidaToshkent harbiy okrugi sharafini himoya qilgan katta leytenant Rustam Javliyev 1 o‘rinni qo‘lga kiritdi. AK-3 yo‘nalishi bo‘yicha ham Toshkent harbiy okrugi mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Unga ko‘ra:

1-o‘rin:Toshkent harbiy okrugi. Mayor Doniyor Jumanov;

2-o‘rin:Toshkent harbiy okrugi. Serjant Habibullo Saidov;

3-o‘rin:Toshkent harbiy okrugi. Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Jamoliddin Kamolov.

Yakuniy natijalarga ko‘ra umumjamoa hisobida Toshkent harbiy okrugi musobaqa peshqadamiga aylandi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlari hamda Markaziy harbiy okrug jamoasiga nasib etdi.